Neft aralashmalari

Brent (Brent Crude) — Shimoliy dengizda qazib olinadidagan neftning etalon (marker) markasi (sorti)dir. Bu navning nomi Shimoliy dengizda 1970 yilda kashf etilgan shu nomdagi neft konidan kelib chiqqan. Aslida bu Norvegiya va Shotlandiya orasidagi Brent, Oseberg va Forties shelf konlarida qazib olinadigan neft aralashmasidir. Brentneftining narxi 1971 yildan boshlab jahondagi barcha neft navlarining 40% atrofidagilarining, xususan Rossiyaning Urals neftining narxini belgilash uchun asos bo'lib hisoblanadi. Aynan shuning uchun asos bu neft markasini "etalon" deb atashadi. Brent neftining narxi odatda WTI narxidan 1 AQSh dollari/barrel past va "OPEK korzinasi" deb ataluvchining narxidan 1 AQSh dollar/barel yuqori bo'ladi. Biroq, 2007 yilda bu tenglik o'zgardi va Brent WTI ga mukofot bilan savdo qilinmoqda. Hozirgi vaqtda jahon bozorida narxlarni belgilash uchun marker sifatida neftning Brent navidan bundan keyin ham foydalanishning asoslanganligi masalasida munozaralar olib borilmoqda. Bu binichi navbatda Shimoliy dengizdagi konlardan neft qazib olish hajmlarining kamayishi bilan bog'liq bo'lib, u likvidlikning pasayishiga va aralashmaning o'zining ham, neftning boshqa navlarining ham narxini belgilashda buzilishlarga olib keladi.

Urals - oltingugurt miqdori yuqori bo'lgan neft (oltingugurt miqdori 1,3% atrofida) bo'lib, u Xanti-Mansiy avtonomnom okrugida va Tataristonda qazib olinadigan neft aralashmasidan iborat. Urals neftini asosiy ishlab chiqaruvchilari - "Rosneft", "Lukoyl", "Surgutneftegaz", "Gazprom neft", "TNK-BP" va "Tatneft". Rossiya neftining narxi Brent neftini diskontlash bilan aniqlanadi, chunki Rossiya nefti unda oltingugurt, og'ir va siklik uglevodorodlarning miqdori yuqori bo'lganligi tufayli sifati pastroq deb hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda Rossiyada Urals neftining sifati uning tarkibidagi Tatariston neftini olib tashlash yo'li bilan (Tatariston respublikasida mahalliy neftni treboprovodga yo'llamasdan, undan benzin olish uchun neftni qayta ishlovchi yangi quvvatlarni kiritish rejalashtirilmoqda) oshirish uchun bir qator qadamlar qo'yildi. G'arbiy-Sibir nefti o'zicha sifati yaxshi. Chet ellarda u Siberian Light nomi bilan tanilgan. Rossiyada "Urals" navli neftga fyuchers RTS birjasidan FORTS bozorida savdo qilinadi.

WTI (West Texas Intermediate) — bu Texas (AQSh) shtatida qazib olinadigan neft markasidir. Uning zichligi 40° API, otlingugur miqdori — 0,4-0,5 %, asosan benzin ishlab chiqarish uchun foydalaniladi va shuning uchun neftning bu turiga talab baland, xususan AQShda va Xitoyda.

Neft bozori ishtirokchilari

Neft qazib oluvchilar
Xom neft asosan bozorga neftni qazib chiqaruvchi kompaniyalardan kelib tushadi. Bular uncha katta bo'lmagan korxonalar ham, yirik korporatsiyalar hamdir. Kompaniyaning bozorga ta'siri uning etkazib berayotgan neft miqdoriga bog'liqligi to'la mantiqqa to'g'ri keladi. Binobarin, bozor ishtirokchilari o'z diqqat e'tibolrlarini ko'proq neft qazib chiqarib oluvchilarga qaratishadi.

Sanoat

Bu toifaga iqtisodiyotning barcha segmentlaridagi sanoat korxonalarini, hamda neft-tozalash va qayta ishlash bilan shug'ullanadigan kompaniyalarni kiritish mumkin, ko'pincha ular o'rnida neftni qazib oluvchi kompaniyalarning o'zlari qatnashadilar. Mazkur sxema vertikal-integratsiyalangan tuzilma deb ataladi. Bunday kompaniyalar faqat xom neftni qazib olibgina qolmay, uni pirovard mahsulotga (benzin, mazut va h.k.) qayta ishlabgina qolmay, balki uni chakana tarmoqda sotadilar ham.

Tovar va neft birjalari

Ayrim mamlakatlarda eng yirik birjalarda xomashyo bilan, xususan neft bilan savdo qiluvchi alohida seksiyalar bor.

Investorlar