Savdo sessiyalari — bu turli mamlakatlar banklari ishlaydigan va faol savdo olib boradigan ma'lum vaqt oraliqlari.

Savdo sessiyalari jadvalining asosiy xususiyati - Foreks-bozorining milliy bayramlardan tashqari, haftada besh kun kunu tun ishlashdir. Dam olish kunlari - ko'pchilik banklar singari shanba va yakshanba kunlaridir. Valyuta bozori norasmiy ravishda dam olish kunlari ham ishlaydi, ammo bu vaqt bitimlarni amalga oshirish uchun xavfli vaqt hisoblanadi, chunki ishtirokchilar soni kam bo'ladi, kursning qisqa muddatli o'zgarishi ehtimoli esa mijozlarning boshqa hududdagi bitta yoki bir necha yirik bankning bajarish munosabati bilan ortadi.

Valyuta va tovar birjalari turli xil geografik hududlarda joylashgan, bir savdo sessiyasining boshlanishi boshqasining tugashi bilan mos tushadi, bu esa bozorning kunu tun ishlashini ta'minlaydi.

To'rtta asosiy savdo sessiyalarini ajratish qabul qilingan:

  • Amerika;
  • Yevropa;
  • Osiyo;
  • Tinch okeani.

Foreks savdo sessiyalarining ish jadvalini nima uchun bilish muhimdir?

1. Savdo sessiyalarining jadvalini bilgan holda o'z vaqtingizni kerakli tarzda taqsimlab olishingiz mumkin bo'ladi.

2. Har bir savdo sessiyasi o'z xususiyatlariga ega, ularni hisobga olib, bozorning imkoniyatlaridan samarali foydalanish mumkin.

3. Savdo bitimlarining eng katta hajmi Foreks-sessiyalar bir-birini ustiga tushgan davrda to'g'ri keladi. Bu davrda eng faol savdoni olib borish mumkin.

Savdo sessiyalarining xususiyatlari

Amerika sessiyasi bozorda likvidligi eng yuqoridir. Nyu-York moliya poytaxti ishni soat 13:00 (UTC) da boshlaydi, bu payt AQSh banklari ish boshlaydi va Yevropa dilerlari tushlikdan so'ng ishga qaytishgan bo'ladi. Shu vaqt odatda eng "kuchli" fundamental yangiliklar va muhim ma'lumotlar paydo bo'ladi. Yevropa sessiyasi ishni to'xtatgandan so'ng o'zgaruvchanlik ortishi mumkin. Savdoda Amerika sessiyasi eng agressiv hisoblanadi. EUR/USD, GBP/USD, USD/CAD, USD/CHF, GBP/CAD faol savdo qilinadi.

Yevropa sessiyasi Osiyo sessiyasida faollik susaygan davrda ochiladi. Moliya markazi Londonda joylashgan, u o'zining geografik holatiga ko'ra uchta savdo sessiyalari jadvaliga tushishga ulguradi. Shuning uchun London maydonchasi eng yuqori savdo aylanmasiga ega. EUR/USD, GBP/USD, EUR/GBP, USD/CHF, GBP/CHF, GBP/JPY juftliklari faol hisoblanadi.

Osiyo sessiyasi Tokioda boshlanadi. Savdolarning faolligi mo''tadil, eng ommabop juftliklar: USD/JPY, GBP/JPY, AUD/JPY

Tinch okeani sessiyasi bozorni dam olish kunlaridan so'ng ochadi va eng tinch bozor hisoblanadi. Moliya markazi Vellingtonda joylashgan. Bu paytda faollik past bo'lgani sessiyani ko'pincha Osiyo sessiyasiga ko'shishadi.

Foreksda savdo qilishning eng yaxshi vaqti

Turli xil savdo sessiyalari vaqtida aynan bir xil valyuta juftliklari ham faol, ham passiv bo'lishi mumkin. Shuning uchun savdoda profitga ega bo'lish uchun bozorning ishlash jadvalini bilish zarur. Vaqtga mo'ljal olib, zarur valyuta juftliklari bilan savdo qilishning eng yaxshi davrini belgilash mumkin.

Savdo sessiyalari jadvalining o'zi doim "qo'l ostida" bo'lishi mumkin: savdo terminali uchun maxsus indikator mavjud. Savdo sessiyalari indikatori ayrim savdo sessiyalarini grafik tarzda aks ettiradi. Uni o'rnatgandan so'ng yozgi va qishki vaqtga o'tkazish avtomatik tarzda amalga oshiriladi, shuningdek har bir sessiyaning boshlanishi va tugashi to'g'risidagi xabar kelib turadi. To'g'risi, bu indikator to'rt soatlik taymfreymlarda savdo qiluvchi yoki kunduzgi shamlarda ochiladigan va yopiladigan treyderlarga kerak bo'lmaydi.

Предлагаем начать торговлю с бездепозитным бонусом